Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

"MYU" kelasi mavsum yevrokuboklarda ishtirok eta olmasligi mumkin

"MYU" kelasi mavsum yevrokuboklarda ishtirok eta olmasligi mumkin

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" yevrokuboklarga chiqishni qiyinlashtirdi.

Murabbiy Ruben Amorim shogirdlari Angliya kubogi 1/8 finalida o‘z maydonida “Fulxem”ga (1:1, penaltilar bo‘yicha 3:4) mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa, "Manchester Yunayted" kubok orqali yevrokuboklarga chiqa olmaydi.

"Manchester Yunayted" Yevropa ligasi 1/8 finalida La Ligada 10-o‘rinni egallab turgan “Real Sosyedad” bilan to‘qnash keladi.

APLda "Manchester Yunayted" 27 o‘yindan so‘ng 33 ochko to‘plagan holda 14-o‘rinda, kuchli to‘rtlik va Chempionlar Ligasi zonasidan 14 ochko uzoqda.

Shu bilan birga, Angliya UYEFA reytingida peshqadam bo‘lgani uchun kelasi mavsumda Chempionlar ligasida beshinchi o‘rin uchun favorit hisoblanadi. "Mankunianliklar" turnir jadvalida 5-o‘rindan 13 ochko ortda qolmoqda.

Agar Angliya Chempionlar Ligasida beshta jamoaga ega bo‘lsa, oltinchi jamoa Yevropa ligasiga, yettinchi jamoa Konferensiyalar ligasiga yo‘l oladi. “Manchester Yunayted” 6-o‘rindan 11 ochko, 7-o‘rindan 10 ochko ortda qolmoqda.

Kiritildi: 02:30, 03.03.2025.
O'qildi: 1284 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик