Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul 2-1 Atletiko
09/09 23:59 Napoli 0-1 Arsenal
09/09 23:59 Sporting 3-1 Galatasaroy
09/09 23:59 PSJ 6-1 Slovan
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche - Roma
10/09 21:45 PSV - Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Eldor Shomurodovning “Komo”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Eldor Shomurodovning “Komo”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 27-turidan o‘rin olgan bahsda “Roma” o‘z maydonida “Komo”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Rim klubi kiritgan to‘plariga Salemakers va Dovbik mualliflik qilgan bo‘lsa, Da Kunya “Komo”ning yagona golini o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Eldor Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va bir bo‘lim maydonda harakat qildi. Ikkinchi bo‘limda Shomurodov o‘rniga Dovbik uchrashuvni davom ettirdi.



Sofascore portali 45 daqiqa o‘ynagan o‘zbekistonlik futbolchining harakatlarini 6.5 ballga loyiq ko‘rdi. “Roma”ning o‘yindagi ilk goli muallifi Aleksis Salemakers hamda Eldorning o‘rniga zahiradan maydonga tushib, g‘alaba golini kiritgan Artyom Dovbik 7.2 ball oldi. E’tiborli tomoni, 74-daqiqada Zeki Chelikning o‘rniga zaxiradan maydonga tushib, 2 daqiqa ichida Dovbikning goliga hammualliflik qilgan Devayn Rench Sofascore talqini bo‘yicha uchrashuvni eng yaxshi futbolchisi deya topildi — 7.7 ball.

“Komo” safida yagona gol muallifi Da Kunya jamoasining o‘yindagi eng yaxshi futbolchisi nomini qo‘lga kiritdi — 7.6 ball. Uning goliga hammualliflik qilgan Maksimo Perrone esa 7.2 ballga loyiq ko‘rildi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Roma” hisobidagi ochkolar soni 43 taga yetdi va turnir jadvalida 8-o‘rinni band etib turibdi. “Komo” esa 28 ochko bilan 13-pog‘onada qoladigan bo‘ldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:26, 03.03.2025.
O'qildi: 3623 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик