"PSJ" ustozi Luis Enrike Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Liverpul"ga qarshi dastlabki o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Liverpul" - Yevropaning so‘nggi yillardagi eng yaxshi jamoalaridan biri. Va gap faqat ularda Saloh borligida emas, ularda juda yuqori darajadagi futbolchilar ko‘p. Bu juda ahil jamoa. "Liverpul" bilan o‘yin - biz ham yuqori darajada bo‘la olishimizni ko‘rsatish uchun imkoniyat," - dedi ispaniyalik mutaxassis.