Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Tottenxem" yana bir muhim futbolchisini jarohat sabab yo‘qotdi

"Tottenxem" yana bir muhim futbolchisini jarohat sabab yo‘qotdi

Baho:
+ | -

Joriy mavsumda ham jarohatlar "Tottenxem"ni ta’qib qilishda davom etmoqda. Yevropa Ligasi pley-off bosqichi oldidan londonliklar muhim futbolchisini yo‘qotdi. «Daily Mail» nashrining xabar berishicha, hujumkor yarim himoyachi Deyan Kulushevski oyog‘idan jarohat olgan.

Kulushevskini tiklashning aniq muddatlari hali belgilanmagan. Shvesiyalik futbolchi kamida AZ Alkmaar (Evropa Ligasi, 6 mart) va "Bornmut"ga (Premyer-liga, 9 mart) qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi. Deyan mart oyidagi FIFA kunlariga qadar maydonga tusha olishini hozircha aytish qiyin.

2024/2025 yilgi mavsumda Deyan Kulushevski 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 10 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 00:25, 05.03.2025.
O'qildi: 741 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик