"Arsenal" Chempionlar Ligasida qatorasiga beshinchi o‘yinda g‘alaba qozondi.
Bugun Mikel Arteta jamoasi Chempionlar Ligasi 1/8 finalida PSVni tor-mor etdi - 7:1.
London klubi ushbu turnirda ketma-ket beshta g‘alabaga erishdi, ulardan to‘rttasi yirik hisobda.
"Arsenal" va PSV o‘rtasidagi javob o‘yini 12 mart kuni bo‘lib o‘tadi.














