"Barselona" darvozaboni Voysex Shesni klubdagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
"Hozir yangi shartnoma haqida o‘ylayotganim yo‘q. Diqqatimni o‘yinlarga qaratganman, bor kuchimni "Barselona"ga bag‘ishlamoqchiman, keyin esa, qulay vaqtda, kelajagim nima bo‘lishini ko‘ramiz," - deya Shesnining so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
Eslatib o‘tamiz, polshalik posbon "ko‘k-anorranglilar" safida o‘tgan yilning oktyabr oyidan buyon to‘p tepib kelmoqda. 34 yoshli futbolchi jamoaga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi va mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi.













