Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

U18 xokkey bo‘yicha JCH. Biz - chempionmiz!!!

U18 xokkey bo‘yicha JCH. Biz - chempionmiz!!!

Baho:
+1 | -

O‘zbekistonning o‘smirlar terma jamoasi o‘zining ilk U18 Jahon Chempionati (III B divizioni)da g‘alaba qozondi! Tailandda bo‘lib o‘tgan turnirda yigitlarimiz ilk urinishdayoq yuqoriroq divizionga ko‘tarilishdi – kelasi mavsumda U18 Jahon Chempionatida III A divizionida ishtirok etishadi.

O‘zbekiston terma jamoasi raqiblarini ketma-ket mag‘lubiyatga uchratdi: Janubiy Afrika Respublikasi (12:0), Lyuksemburg (12:1), Turkmaniston (8:2) va Bosniya va Gertsegovina (11:3). Nihoyat, 6 mart kuni hal qiluvchi bahsda Tailand jamoasi ustidan 3:2 hisobida qiyin g‘alaba qozonildi.

O‘tgan yili bizning yigitlar Tailand terma jamoasi bilan Osiyo va Okeaniya Kubogida (Toshkent va Samarqand, aprel-2024) ikki bor to‘qnash kelishgan edi. O‘shanda O‘zbekiston chempion bo‘lib, guruh bosqichida tailandliklarni 7:5 hisobida, finalda esa 2:1 hisobida yenggan edi. Bu safar jahon chempionatida kurash yana ham keskin kechdi. G‘alaba keltirgan shaybani uchrashuv tugashiga 5 daqiqa qolganida Jamoamizning eng yaxshi bombardirlaridan biri – Jasurbek Rustamxonov kiritdi.

Jamoa sardori Rustamxonov 5 o‘yinda 22 ochko (14 gol + 8 assist) jamg‘arib, turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi! Jasur, shuningdek, yosh yulduz Salohiddin Azimov o‘tgan mavsumni Chexiyada o‘tkazdi. Qolgan yigitlar esa Qozog‘iston yoshlar ligasida "Toshkent Selekt" jamoasi safida o‘ynashdi.

O‘zbekistonning o‘smirlar terma jamoasi Toshkentning ikkita klubi – «Humo» va «Binokor» tarbiyalanuvchilaridan iborat. Ular 2018 yilda tashkil etilgan O‘zbekiston Xokkey Federasiyasining muvaffaqiyatli faoliyatining natijasidir. Bugun ular O‘XFning faxri!

Bizning chempionlarimizni tayyorlagan murabbiylar shtabini alohida tilga olish lozim – Normunds Seeys, Abdumajid Nosirov va Roman Krivomazovga tashakkur!

Juda tez orada, 2025 yil aprelda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham jahon chempionatida o‘z debyutini o‘tkazadi! Ular IV divizionda Armanistonda o‘tadigan musobaqada qatnashishadi. Tarkib tajribali o‘yinchilardan iborat bo‘lsada, asosiy kuch bugun Bangkokda Jahon Kubogini ko‘tarib turgan yigitlar bo‘ladi!

Biz chempionmiz!!!

Kiritildi: 23:18, 06.03.2025.
O'qildi: 3371 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик