La Liga rahbariyati "Real Madrid"ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Juniorga "Real Sosyedad" muxlislari tomonidan irqchilik nuqtayi nazaridan qilingan haqoratlari yuzasidan polisiyaga murojaat qildi.
Hodisa San-Sebastyanda Ispaniya kubogining birinchi yarim final o‘yini vaqtida yuz bergan. Eslatib o‘tamiz, liga basklar yurti polisiyasiga shikoyat bilan murojaat qilgan.
AS nashrining xabar berishicha, La Liga muxlislarning noqonuniy xatti-harakatlarini ko‘rsatuvchi yetarli dalillarni to‘plagan.













