Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Manchester Siti" "Real" yarim himoyachisini sotib olmoqchi

"Manchester Siti" "Real" yarim himoyachisini sotib olmoqchi

Baho:
+-1 | -

"Manchester Siti" yozda yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun Eduardo Kamavingani asosiy transfer maqsadi sifatida belgiladi.

"Siti" yangi markaziy yarim himoyachiga muhtoj, Kevin De Bryuyne va Mateo Kovachich yozda jamoani tark etishadi. Shu nuqtai nazardan, Kamavinga o‘zining ko‘p qirraliligi tufayli ideal variantga o‘xshaydi.

"Real Madrid" o‘z yarim himoyachisining qadrini biladi, ammo yozda takliflarga ochiq. Fransiyalik futbolchining transfer narxi 60-70 million yevro bo‘lishi kutilmoqda va “Manchester Siti” bu summani muammosiz to‘lay oladi.

Bu mavsumda Kamavinga “Real” safida barcha turnirlarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 16:02, 07.03.2025.
O'qildi: 1844 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик