Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bavariya" Xarri Keynga o‘rinbosar topmoqchi

"Bavariya" Xarri Keynga o‘rinbosar topmoqchi

Baho:
+ | -

"Bavariya" Viktor Dyokeresh yoki Benjamin Sheshkoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

«Bild» insayderi Kristian Falkning ma’lum qilishicha, "Bavariya" hamon "Sporting" vakili Viktor Dyokereshga qiziqish bildirmoqda.

Myunxenliklarda hozir transferlar uchun unchalik ko‘p pul yo‘q, ammo klubdagilar Xarri Keynga o‘rinbosar kerakligini bilishadi. Ularda faqat bitta hujumchi bor va Tomas Myullerning kelasi mavsumda o‘ynashi noma’lum.

Ehtimoliy nomzodlar ro‘yxatida "Leypsig" vakili Sheshko va yana bir qancha hujumchilar ham bor. Qayd etilishicha, "Bavariya" hozircha Dyokereshning birinchi raqamli nishon ekanini aniqlamagan.

Bundan tashqari, Matis Tel uchun "Tottenxem"dan 60 mln yevro olish mumkinmi, degan savol ham bor. Bunday holatda Sheshkoning transferi amalga oshishi mumkin, uning narxi 70 mln yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 18:47, 07.03.2025.
O'qildi: 767 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик