"Santos" hujumchisi braziliyalik Neymar hali kelajagi haqida bir qarorga kelgani yo‘q, deb xabar beradi insayder Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlarida.
Manbaga ko‘ra, 33 yoshli braziliyalik hozirda bor e’tiborini "Santos"ga qaratgan va yaxshi o‘yin formasini saqlab turibdi. 2025 yilning yozida Neymar Yevropaga qaytishi yoki Braziliyada qolishi borasida bir qarorga kelishi kerak.













