Donald Tramp 2026 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan qo‘mitaga raislik qiladi.
Turnir AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.
"Mamlakatimiz uchun bunday turnirga mezbonlik qilish katta sharafdir", – dedi AQSH Prezidenti.
2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar 48 ta terma jamoa ishtirokida bo‘lib o‘tadi.













