Muhammad Saloh joriy mavsumda “Liverpul” safida 53 va 54-ochkolarini qo‘lga kiritdi.
Mersisaydliklar vingeri APLning 28-turida “Sautgempton”ga qarshi o‘yinda (3:1) dubl qayd etdi. Misrlik futbolchi ikkala golni ham penaltidan kiritdi.
Hozirda Saloh barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda 32 ta gol va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













