Kirish Ro'yxatdan o'tish

Saloh Xoland va Anrining rekordini takrorladi

Saloh Xoland va Anrining rekordini takrorladi

Baho:
+ | -

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh navbatdagi rekordni yangiladi.

Misrlik futbolchi shanba kuni "Sautgempton"ga qarshi o‘yinda (3:1) ikkita gol urdi va ikkita penaltini golga aylantirdi.

32 yoshli “qizillar” futbolchisi joriy mavsumda 44 samarali harakatga ega (27 gol hamda 17 ta golli uzatma).

Squawka xabariga ko‘ra, bu "Arsenal"ning fransiyalik sobiq yulduzi Tyerri Anri (2002/03) va "Manchester Siti"dan norvegiyalik Erling Xolandga (2022/23) tegishli bo‘lgan chempionat rekordining takroridir.

Saloh APLning qolgan to‘qqizta turida yana kamida bitta gol kiritsa, yagona rekordchiga aylanadi.

Kiritildi: 22:27, 08.03.2025.
O'qildi: 1154 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик