Usmon Dembele joriy yilda 20 ta gol urdi.
"PSJ" vingeri Fransiya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan "Renn"ga (4:1) qarshi o‘yinda ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda dubl qayd etdi.
Qayd etish kerakki, 27 yoshli futbolchi o‘yinning 64-daqiqasidagina maydonga tushdi.
Shunday qilib, 2025 yilda 15 ta o‘yinda Dembele hisobida 20 ta gol bor.













