Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Karlo Anchelotti: «Har bir o‘yinda va har bir musobaqada so‘nggi kuchimizgacha kurashamiz»

Karlo Anchelotti: «Har bir o‘yinda va har bir musobaqada so‘nggi kuchimizgacha kurashamiz»

Baho:
+ | -

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liganing 27-turi doirasida "Rayo Valyekano"ga qarshi o‘yin oldidan jurnalistlarning savollariga javob berdi. Ushbu bahs 9 mart kuni "Santyago Bernabeu"da Toshkent vaqti bilan 20:15 da start oladi.  

O‘yin haqida  
"Rayo" yaxshi formada – bu jasur jamoa, ular tartibli va faol o‘ynaydi. Uchrashuv juda qiyin bo‘ladi, biz tayyor bo‘lishimiz kerak. La Liga chempionligi uchun kurashni davom ettirmoqchimiz, shuning uchun ochkolar biz uchun juda muhim".

Hujumchilar haqida  
"Ba’zan Rodrigo, ba’zan Vinisius, ba’zan esa Mbappe yoki Bellingem ko‘proq ajralib turadi – men har bir o‘yindan keyin balans chiqarmayman. Asosiysi, barcha futbolchilar ham himoyada, ham hujumda yaxshi o‘ynashlari kerak. Jamoamizda hasad yo‘q. Agar kimdir ajralib tursa, boshqalar uning yutug‘idan xursand bo‘ladi – bu juda muhim".

Valverde pozisiyasi haqida  
"Fede tayyor, u o‘ynay oladi. Men uning o‘ng qanotda o‘ynashni unchalik yoqtirmasligini bilaman. U ko‘proq markazda, tayanch yarim himoyada yoki qanot himoyachisi sifatida harakat qilishni afzal ko‘radi. Kelajakda u dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘ladi, u hozirning o‘zida ham shunday. Uning asosiy pozisiyasi markaziy yarim himoya bo‘lib qoladi, deb o‘ylayman".

Florentino Peresning tug‘ilgan kuni haqida  
"Prezidentni u uchun muhim kunda tabrikladim. U jamoa yaxshi o‘ynashini xohlaydi, mendan maxsus narsa talab qilmaydi. Men klubga kelganimda, u bizdan g‘alabalar va sovrinlar kutishini aytgandi. Bo‘lajak o‘yinda biz uni xursand qilish uchun kichik sovg‘a tayyorlashga harakat qilamiz, kattarog‘ini esa mavsum oxirida taqdim etamiz".

"Betis"ga qarshi o‘yin haqida  
"Men xafaman, chunki jamoamiz yaxshi formada edi va bunday pasayishni kutmagan edim. Yaxshiyamki, "Atletiko"ga qarshi o‘yinda darhol yaxshi javob qaytardik. Bu kabi og‘ir mavsumda har doim 100% formada bo‘lish qiyin. "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin bizga juda ko‘p kuch sarflashga majbur qildi. Umid qilamanki, "Betis"ga qarshi o‘yindan oldingi yaxshi formamizga qayta olamiz".

Mavsumning so‘nggi qismi haqida  
"Har bir o‘yinda va har bir musobaqada so‘nggi kuchimizgacha kurashamiz. Jadvalimiz juda zich. Biz besh kunlik dam olishga ega bo‘ldik, ammo "Betis"ga qarshi o‘yindan oldin payshanba kuni soat uchda qaytib keldik. Bizga ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan qiyin bo‘ladi, buni hisobga olishimiz kerak. Ideal holatda emasmiz, ammo Ispaniya Kubogi finaliga, La Liga yetakchiligiga va Chempionlar Ligasi chorak finaliga yaqin turibmiz".

Kamavinga haqida  
"Ushbu mavsumda barqarorlikka ega bo‘lmadi, chunki u ikki marta jiddiy jarohat oldi va uch yarim oygacha o‘ynay olmadi. Hozir Kamavinga asta-sekin o‘z formasiga qaytayapti. Oxirgi o‘yinlarda bel og‘riqlaridan aziyat chekdi va 100% o‘ynay olmadi, ammo jamoa uchun maydonga tushdi. Umid qilamanki, mavsum oxirigacha o‘zining eng yaxshi formasiga qaytadi".

Mbappe haqida  
"Atletiko"ga qarshi o‘yinda u "Siti"ga qarshi o‘yindagi kabi uchta gol urmadi. Biroq, umumiy hisobda u yaxshi holatda va biz undan mamnunmiz. Kilian doim ham eng yuqori formada bo‘lmasligi mumkin, lekin bu kabi og‘ir mavsumda bu tabiiy holat. Eng zo‘r futbolchilarning ham ko‘tarilish va pasayish davrlari bo‘ladi".

Ikki turdagi futbolchilar haqida  
"Men aytdim: yoki sen yugurasan, yoki o‘yinga farq kiritasan. Agar futbolchi yugurmasa va farq ham qila olmasa, u yomon o‘yinchi. Ayrim futbolchilar buning ikkalasini ham bajara oladi. Agar sen yugurmasang, o‘yinga katta ta’sir o‘tkazishing kerak. Valverde bu ikki vazifani ham mukammal bajaradi".

Rodrigo haqida  
"Uning holati yaxshi, jamoaga juda ko‘p yordam bermoqda. Jamoamiz kuchaydi, chunki hujumchilarimiz hammasi qattiq mehnat qilyapti".

Modrich haqida  
"Luka ham ertaga, ham chorshanba kuni o‘ynay oladi. U tiklanish bilan bog‘liq hech qanday muammoga duch kelmayapti. Bu men uchun hayratlanarli emas, chunki uning qanday mashg‘ulot o‘tkazishini ko‘rib turibman. Luka yosh futbolchilar uchun haqiqiy namunadir."

Kiritildi: 14:34, 09.03.2025.
O'qildi: 943 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.