Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-1 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Futbol agenti Fayzullayev va Husanovning farqi haqida gapirdi

Futbol agenti Fayzullayev va Husanovning farqi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Futbol agenti Dmitriy Selyuk SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevni Yevropa klublariga katta summaga sotish imkoniyati haqida o‘z fikrini bildirdi.  

"Fayzullayev — yaxshi futbolchi, bu borada hech qanday savol yo‘q. Ammo unda jismoniy jihatdan yetishmovchilik qiladi. Bunday o‘yinchilarni Ispaniya va boshqa mamlakatlarda ko‘p topish mumkin. Lekin Husanov va Shomurodov bundan farq qiladi. Masalan, Husanov juda tezkor va uning bo‘yi qariyb 1,90 metr. Fayzullayev esa texnikasi bilan ajralib turadi, ammo jismoniy jihatdan u qadar baquvvat emas. Ammo har bir futbolchining o‘z xaridori bor," — deb keltiradi Selyukning so‘zlarini "Sport Den za Dnem".  

O‘zbek yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev 2023 yil avgustida Moskva SSKA klubiga qo‘shilgan. Joriy mavsumda u 24 rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi, 6 ta golli uzatma berdi va 1 ta sariq kartochka oldi.

Transfermarkt internet-portali 21 yoshli futbolchining bozor bahosini 8 million yevro etib belgilagan. Uning "armiyachilar" bilan amaldagi shartnomasi 2025/26-yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan bo‘lib, uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.

Kiritildi: 12:00, 10.03.2025.
O'qildi: 4372 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.