Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning ilk musobaqalari boshlandi

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning ilk musobaqalari boshlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun, 11 martdan e’tiboran mamlakatimizda 2025 yilgi “Besh tashabbus olimpiadasi“ musobaqalariga start berildi.

O‘yinlar dasturiga binoan dastlabki musobaqalar joriy yilning 11-13 mart kunlari mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida shashka bo‘yicha birinchi bosqich musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

Sport vazirligi axborot xizmatiga ko‘ra, “Besh tashabbus olimpiadasi” tizimidagi shashka musobaqalarining ilk bosqich musobaqalarida ishtirok etish uchun 500 ming nafarga yaqin yoshlar ro‘yxatdan o‘tgan.

Aytish lozim, bu yilgi “Besh tashabbus olimpiadasi”da mamlakatimiz mahallalarida istiqomat qilayotgan 14-30 yoshlilar sportning yengil atletika, shaxmat, futbol, mini-futbol, voleybol, stritbol, gimnastrada, armrestling, gandbol, vorkaut va adaptiv sport turlari bahslarida ishtirok etishi, o‘z iqtidorini namoyish etishi mumkin bo‘ladi.

Davlatimiz rahbarining “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning bu yilgi musobaqalari chinakam sport va salomatlik bayrami ko‘rinishini olishi tayin. Ushbu o‘yinlar orqali yana yuzlab yangi-yangi iste’dodlar kashf etilishi musobaqalarning yanada e’tiborli ekanidan dalolat, deyish mumkin.

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning ilk musobaqalari bugun shashka bahslari bilan boshlangan bo‘lsa, uning so‘nggi bahslari avgust oyida futbol bo‘yicha “Davlat Xavfsizlik xizmati kubogi” o‘yinlari bilan yakunlanadi.

Ommaviy sportni rivojlantirish asnosida mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar orasidan jismonan baquvvat, iqtidorli, tug‘ma iste’dodi bor yoshlarni saralashga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning bu yilgi katta karvoni o‘zbek sportining xalqaro maydondagi yangi g‘alabalarini ta’minlashga hissa qo‘shadigan mahoratli sportchilar avlodini kamolga yetkazishi bilan ahamiyatlidir.

Kiritildi: 10:49, 11.03.2025.
O'qildi: 1144 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик