Turkiyaning "Galatasaroy" klubi yozgi transferlar vaqtida o‘z safiga yangi darvozabon qo‘shib olmoqchi, deya xabar berdi insayder Nikolo Skira.
Avvalroq, istanbulliklar yozda "Barselona"dan Inyaki Penyani sotib olmoqchi ekanligi ma’lum bo‘lgandi. Ispaniyalik kiper turk grandiga 10 million yevroga tushishi mumkin.













