Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Barselona» Rafinyaning dubli hisobiga «Benfika»ni mag‘lub etdi va Chempionlar ligasi chorak finaliga yo‘l oldi

«Barselona» Rafinyaning dubli hisobiga «Benfika»ni mag‘lub etdi va Chempionlar ligasi chorak finaliga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

UYEFA Chempionlar ligasi 2024/2025 mavsumining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan ilk javob uchrashuvi yakunlandi. Unda Kataloniyaning «Barselona» jamoasi Lissabonning «Benfika» klubiga qarshi bahs olib bordi. O‘yin Ispaniyaning Barselona shahridagi «Olimpik Lyuis Kompanis» stadionida bo‘lib o‘tdi.

«Barselona» 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (4:1) kataloniyaliklar Chempionlar ligasining 1/4 finaliga yo‘l oldi.  

Uchrashuvdagi hisob 11-daqiqada «Barselona» yarim himoyachisi Rafinya tomonidan ochildi. Unga Lamin Yamal assistentlik qildi.

13-daqiqada Nikolas Otamendi burchak zarbasidan so‘ng hisobni tenglashtirdi. 27-daqiqada Lamin Yamal chiroyli zarba bilan «Barsa»ni yana oldinga olib chiqdi. 42-daqiqada esa Rafinya o‘z dublini rasmiylashtirdi.  

Eslatib o‘tamiz, «Benfika» pley-offga chiqish uchun saralash bosqichida «Monako» klubini mag‘lub etgandi. «Barselona» esa guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘l olgan. 1/8 finalning birinchi uchrashuvida «Barsa» 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

YECHL, nimchorak final, javob o‘yini
"BARSELONA" - "BENFIKA" - 3:1
Gollar: Rafinya, 11 (1:0). Otamendi, 13 (1:1). Yamal, 27 (2:1). Rafinya, 42 (3:1).

Dastlabki o‘yin — 1:0

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:47, 12.03.2025.
O'qildi: 1387 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик