Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

Eldor Shomurodov “Atletik”ka qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlaydimi?

Eldor Shomurodov “Atletik”ka qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlaydimi?

Baho:
+ | -

Yevropa Ligasi 1/8 final bosqichi doirasidan o‘rin olgan “Atletik” va “Roma” o‘rtasidagi javob uchrashuvi bugun, 13 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi dastlabki bahsda rimliklar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelgan. “Roma”ning g‘alaba goliga Eldor Shomurodov mualliflik qilgan.

Bir nechta nufuzli saytlar Klaudio Ranyeri hali ham asosiy markaziy hujumchi borasidagi yakuniy qarorni qabul qilmagani borasida fikr bildirmoqda. Eldor Shomurodov va Artyom Dovbik o‘rtasidagi tanlov faqatgina yakuniy mashg‘ulotdan so‘ng hal bo‘lishi va bu jarayonda murabbiy futbolchilarning jismoniy tayyorgarligidan kelib chiqib, qaror qabul qilishi aytilmoqda.

Corriere dello Sport nashriga ko‘ra, hozirda Shomurodov ukrainalik hujumchiga nisbatan bir oz ustunlikka ega. “Empoli”ga qarshi o‘yinda bir necha imkoniyatni boy berganiga qaramay, o‘zbekistonlik futbolchi yaxshi sport formasi va harakatchanligi bilan boshqalardan ajralib turibdi.

Shuningdek, Shomurodovning tezkorligi va himoyaga yordam bera olish qobiliyati “Roma” uchun muhim omil bo‘lishi mumkin. Jamoa hujum va himoya o‘rtasida muvozanatni saqlab, uchrashuv natijasini o‘z foydasiga hal qila olishi taxmin qilinmoqda.

Boshqa OAVlar esa Dovbik tajribali va jismoniy jihatdan kuchliroq ekanligini aytmoqda. O‘tgan mavsum La Liga to‘purariga aylangan ukrainalik futbolchi “San Mames” stadionidagi muhitni yaxshi biladi. Shu bois bugungi bahsda Artyom asosiy tarkibdan joy olishi kerakligi haqida xabar bermoqda.

Bir nechta nufuzli futbol saytlari ushbu uchrashuvda Klaudio Ranyeri qaysi futbolchini dastlabki daqiqalardan maydonga tushirishi mumkinligini taxmin qilgan.

Masalan, WhoScored nashri ushbu uchrashuvda “Roma” quyidagi tarkib va sxemada o‘ynashi mumkin, deya hisoblamoqda:



Lenta.ru nashrining taxminicha, Dovbik “Atletik”ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushadi.

Goal.com nashri bergan ehtimoliy tarkibda Shomurodovning bugun o‘yinni zaxiradan boshlashi ko‘rsatilmoqda.

Soccer365 nashri ham “Atletik” - “Roma” uchrashuvida Artyom Dovbik asosiy tarkibda, Shomurodov esa zaxiradan o‘yinni boshlashini taxmin qilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Atletik” - “Roma” uchrashuvi 13 mart, seshanba kuni Bilbaodagi “San Mames” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 22:45’da boshlanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:36, 13.03.2025.
O'qildi: 2323 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.