"Barselona" vingeri Lamin Yamal o‘yinlar vaqtida bosimni his qilmayotganini tan oldi.
Murabbiylar va jamoadoshlar ko‘pincha o‘yinchining nafaqat texnik mahoratiga, balki uning maydondagi sovuqqonligiga ham hayron qolishadi. Vunderkindning so‘zlariga ko‘ra, gap shundaki, u futbolga ko‘ngilxushlik sifatida qaraydi.
"Bosim? Shunchaki ko‘ngil ochish va vaqtni yaxshi o‘tkazish haqida o‘ylasangiz, hech qanday bosim yo‘q. Men masalaga aynan shunday yondashaman," - deya "ko‘k-anorranglilar" yosh yulduzining so‘zlarini keltiradi ispan OAV.













