Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 2-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 2-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Ranyeri: "Toza qizil kartochka"

Ranyeri: "Toza qizil kartochka"

Baho:
+ | -

"Roma" bosh murabbiyi Klaudio Ranyeri jamoa Yevropa Ligasini tark etganidan keyingi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Rimliklar 1/8 final javob bahsida Bilbaoning "Atletik" klubiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi - 1:3 (ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 2:3). O‘yinning 11-daqiqasidayoq to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgan himoyachi Mats Xummels qaysidir ma’noda mag‘lubiyatga sababchi bo‘ldi.

"Bu toza chetlatish. Xummels avvalroq to‘pni chapga uzatishi kerak edi, biroq bunday qilmadi. Shunday bo‘lib turadi. U buyuk chempion, lekin bunday holat hammada bo‘ladi. Hech narsaga qaramay, jamoaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Yigitlar ahillik ko‘rsatib, qiyin vaziyatda jon-jahdlari bilan kurashdilar. Albatta, bu achinarli, chunki o‘yin muvaffaqiyatli o‘tishi mumkinligini his qildik, lekin men hech kimni ayblamayman," - deya Ranyerining so‘zlarini keltiradi «TMW».

Kiritildi: 11:26, 14.03.2025.
O'qildi: 1628 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик