"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ertaga bo‘lib o‘tadigan "Vilyarreal"ga qarshi o‘yindan oldin matbuot anjumanida qatnashdi. Italiyalikdan joriy mavsumga baho berishini so‘rashdi.
- Mavsumni qanday baholaysiz?
- Qiyinchiliklarga qaramay, mart oyiga kelib, barcha musobaqalarda ishtirok etishda davom etyapmiz. So‘nggi uch yilda bunaqasi bo‘lmagandi. Bizda hammasi joyida", - dedi Anchelotti.













