Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Gandbol: O‘zbekiston U-19 jamoasi AQSHlik tengdoshlarini mag‘lub etdi

Gandbol: O‘zbekiston U-19 jamoasi AQSHlik tengdoshlarini mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Kosovoning Prishtina shahrida gandbol bo‘yicha U-19 o‘smirlar va U-21 yoshlar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Xalqaro gandbol federasiyasi (IHF) kubogi qit’alararo bosqichining guruh o‘yinlari doirasidagi navbatdagi bahslar bo‘lib o‘tdi.

U-21 birinchiligining “B” guruhida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Ruanda jamoasi bilan kuch sinashdi.

Uchrashuvning dastlabki bo‘limida 18:20 hisobida sharqiy Afrika qit’asi vakillari ustunlikka erishdi. Uchrashuvning 2-bo‘limida ham Ruanda jamoasi tashabbusni o‘z qo‘lida saqlab qoldi.


Ayniqsa, raqib darvozaboni gandbolchilarimizning bir qator zarbalarini bartaraf etishga muvaffaq bo‘lgani natijasida umumiy natija 40:32 ko‘rinishida afrikaliklar foydasiga hal bo‘ldi.

O‘zbekiston U-21 jamoasi o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni egallab, yarim finalga yo‘l oldi. Terma jamoamiz yarim finalda “A” guruhida yetakchilikka erishgan Bolgariya jamoasi qarshiligini yengishga harakat qiladi


“B” guruhida g‘oliblik uchun kurash olib borayotgan O‘zbekiston U-19 o‘smirlar jamoasi AQSH terma jamoasi bilan ro‘baro‘ keldi.

Guruh yetakchisini aniqlashga xizmat qilgan o‘yinning shiddatli kechgani ko‘rsatkichlarda o‘z aksini topdi. Birinchi bo‘limda 15:15 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim yakuniga ko‘ra, 33:32 hisobi qayd etilgan tarzda g‘oliblik hamyurtlarimizga nasib etdi


Endi o‘smir gandbolchilarimiz yarim finalda Nigeriya terma jamoasi to‘sig‘idan o‘tish uchun kurashga kirishadi.

Eslatib o‘tamiz, 15-16 mart kunlari yarim final, 3-o‘rin uchun, 5-6-o‘rinlar va final o‘yinlari tashkil etiladi. Har ikki yosh toifasida g‘oliblikka erishgan jamoalar joriy yilgi jahon chempionatlari yo‘llanmasiga ega chiqadi.

Kiritildi: 10:08, 15.03.2025.
O'qildi: 651 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.