Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Prevyu. “So‘g‘diyona” - “Navbahor”

Prevyu. “So‘g‘diyona” - “Navbahor”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 2-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” safarda “So‘g‘diyona” (Jizzax) mehmoni bo‘ladi.

Mazkur klublar O‘zbekiston chempionatlarining  Cuperliga (oliy liga)sida o‘zaro 58 marta uchrashishgan. Ushbu o‘yinlarning 27 tasida “Navbahor”  g‘alaba qozongan bo‘lsa, “So‘g‘diyona” 23 ta bahsda zafar quchgan, 8 ta o‘yinda esa durang qayd etilgan.

To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 95-68, “Navbahor”foydasiga.

Namanganliklar o‘zaro bellashuvlarda 89 ochkoni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, jizzaxliklar hisobida 77 ochko mavjud.

2000 yili Namanganda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mezbonlar 6:3 hisobida zafar quchishgan bo‘lsa, 2014 yili Jizzaxda o‘tkazilgan bahsda “So‘g‘diyona” 5:4 hisobida g‘alaba qozongandi.

Jizzaxda shu paytgacha bo‘lib o‘tgan 29 uchrashuvning 20 tasida mezbonlar g‘alaba qozonib, 4 ta bahsda durangga imzo chekishgan hamda 5 ta bellashuvda mag‘lubiyatga uchrashgan.

“So‘g‘diyona”ning o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan o‘yinlaridagi to‘plar nisbati – 48-32, mezbonlar foydasiga.

Eslatib o‘tamiz, “So‘g‘diyona” – “Navbahor” bahsi 16 mart kuni Jizzaxdagi “So‘g‘diyona” markaziy stadionida soat 19:30 da start oladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 11:33, 15.03.2025.
O'qildi: 539 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик