Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

«MYU» xo‘jayini: «Avvalgi rahbariyat Fergyusondan keyin murabbiylikka Moyesni tayinlab, xatoga yo‘l qo‘ygandi»

«MYU» xo‘jayini: «Avvalgi rahbariyat Fergyusondan keyin murabbiylikka Moyesni tayinlab, xatoga yo‘l qo‘ygandi»

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" hammulkdori Jim Retkliff klub rahbariyati Devid Moyesni bosh murabbiy etib tayinlashda xatoga yo‘l qo‘yganini ta’kidladi. Uning fikricha, bu qaror "qizil iblislar" uchun noto‘g‘ri yo‘nalish bo‘lgan.  

"Qarang, men Devid Moyesni yoqtirishim mumkin va uni haqiqatan ham yaxshi murabbiy deb hisoblayman. Ammo men ser Aleks Fergyusonni Moyesga almashtirmas edim. Fergyuson jamoani tark etganida, u 13 marta Premyer-ligada g‘olib bo‘lgan, ikki marta Chempionlar Ligasini yutib, jahondagi eng yirik klublardan birini boshqargan edi. Keyin esa rahbarlikni biron marta yulduzli futbolchilar bilan ishlamagan va sovrin yuta olmagan murabbiyga topshirishdi. Uning bunday darajadagi jamoa bilan ishlash uchun kerakli xarizmasi borligi ham aniq emas.

O‘ylaymanki, "Real Madrid" bunday murabbiyni tanlamagan bo‘lardi. Agar "Manchester Yunayted" murabbiylariga nazar tashlasak, klub har doim ham to‘g‘ri qarorlar qabul qilmaganini ko‘rish mumkin. Ammo rahbariyat dunyodagi eng kuchli bosh ijrochi direktor va eng zo‘r murabbiyni topishi kerak edi. Chunki "Manchester Yunayted" dunyoning eng katta klublaridan biri. Ammo ular noto‘g‘ri qarorlar qabul qildi", — dedi Retkliff The Times nashriga bergan intervyusida.

Manba: championat.com
Kiritildi: 15:36, 15.03.2025.
O'qildi: 1856 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.