Ispaniya chempionatining 28-turida "Jirona" o‘z maydonida "Valensiya"ga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang qayd etdi.
Diyego Lopesning goliga mezbonlar Kristian Stuanining aniq zarbasi bilan javob qaytardi.
"Jirona" g‘alabasiz seriyasini 3 durang bilan 6 o‘yinga yetkazdi va 34 ochko bilan musobaqa jadvalida 11-o‘rinda bormoqda. "Valensiya" 28 ochko bilan 16-pog‘onadan joy olgan.