"Barselona" yarim himoyachisi Pedri kimning o‘yini uni hayratga solganini aytdi. Ispaniyalik futbolchi "ko‘k-anorranglilar"ning ikki afsonasi va bir nafar hozirgi jamoadoshini ajratib ko‘rsatdi.
"Men Frenki de Yongga qoyil qolaman - uning o‘yin uslubi menga juda yoqadi. Shuningdek, men har doim kuzatgan Inyestani ham alohida ta’kidlagan bo‘lardim. Messi ham - lekin uning qilayotgan ishini takrorlab bo‘lmaydi," - deya Pedrining so‘zlarini keltiradi Barca Universal.