Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Aleksandr Xomyakov: «Jamoa o‘ziga ishonchni oshirmoqda»

Aleksandr Xomyakov: «Jamoa o‘ziga ishonchni oshirmoqda»

Baho:
+ | -

«Andijon» – «Nasaf» (1:1) bellashuvidan so‘ng uyushtirilgan matbuot anjumaning ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov qatnashdi.

— Avvalo, barcha ishqibozlarimizni tabriklamoqchiman. Chunki o‘zimizda mavsumning ilk o‘yinini o‘tkazdik. Ularni qo‘shimchasiga g‘alaba bilan xursand qilmoqchi edik. Nazarimda, bugun ajoyib futbol muhiti hukm surdi. Uy o‘yini esa muxlislar uchun bayram kunidir. Albatta, g‘alaba qozonmoqchi edik. Afsus, hamisha ham xohlagan narsangiz bo‘lavermas ekan. Bugun bizda hammasi ham o‘xshamadi. Qolaversa, raqib kuchli bo‘lib, hujumlari xavfli chiqdi. O‘z navbatida biz ham oldinga tashlandik. Menimcha, jangovar durang o‘yinga har tomonlama mos bo‘ldi.

— O‘tgan safar ham jamoangiz birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynab, ikkinchi bo‘limda sustlashgandi. Bu gal ham shunday holat takrorlandi.

— Yo‘q, bu fikrga qo‘shilmayman. Gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin rejalarimizni ham o‘zgartirishimizga to‘g‘ri keldi. Albatta, tashabbusni raqibga berib qo‘ydik. Bizga bugun chiziqlar orasidagi uzviy ulanish yetishmadi. Ikkinchi bo‘limda himoyani ko‘tarishga va hujumda faolroq bo‘lishga intildik. Boya aytganimdek, ikki uchrashuvdagi o‘yinimiz bir xil ssenariyda chiqqani yo‘q. Oldingisiga nisbatan biz o‘yinimizga nimanidir qo‘sha oldik. Jamoa o‘ziga ishonchni oshirmoqda. Qo‘qondagi uchrashuvga taqqoslaganda bugun yaxshiroq to‘p surdik. To‘g‘ri, vaziyatni o‘zgartirish uchun shoshma-shosharliklarga yo‘l qo‘ydik. Ha, albatta, bizda hammasi o‘xshayapti, deya olmayman. Lekin yigitlar ruhiy jihatdan ham ancha jisplashib borayotganlari meni quvontirmoqda.

— Yangi mavsumda tarkibga qo‘shilgan o‘yinchilar qanchalik yoqyapti?

— Futbolda tanlagan o‘yinchilarimizni oldin obdon o‘rgangan, potensialini chamalab chiqqan bo‘lamiz. Ha, yangi futbolchilar ko‘pchilikni tashkil etyapti. Ammo ularning birdaniga zo‘r o‘ynashga kirishib ketishlari uchun vaqt kerak bo‘ladi. Asosiysi, klubda oldin bo‘lganlar va yangi kelganlarda o‘ziga yarasha potensial bor.

— Zaxiradan maydonga tushganlar o‘yinni qanchalik kuchaytirdilar?

— Oldingisida bunday o‘zgarishlar kutilgan natijani bermagandi. Lekin bu safargi uchrashuvda zaxiradan tushganlarga nisbatan hech qanday e’tirozlarim yo‘q. Hammasi maydondagi sheriklariga qo‘shilib keta olishdi. Masalan, Kreziu yaxshi kirishib ketdi va bir vaziyatda gol urishi ham mumkin edi. Mashukov ham yomon o‘ynagani yo‘q. Qisqasi, bu safar zaxiradan maydonga tushganlar o‘yinga mazmun olib kira olishdi. Azimovda ham imkoniyat bo‘ldi. Ularga hech qanday malomat qila olmayman. Tez orada jamoaning o‘yini ochilib ketishidan umidvorman. Chunki yigitlarning bu yo‘ldagi harakatlarini ko‘ryapman va bu menga yoqmoqda.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 06:35, 16.03.2025.
O'qildi: 1334 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.