Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona
24/02 22:45 Atletiko 4-1 Bryugge
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta - Borussiya D
26/02 01:00 PSJ - Monako
26/02 01:00 Real Madrid - Benfika
26/02 01:00 Yuventus - Galatasaroy

Mbappe Ronaldoni ortda qoldirgani haqida: «Eng muhimi – sovrinlar qo‘lga kiritish»

Mbappe Ronaldoni ortda qoldirgani haqida: «Eng muhimi – sovrinlar qo‘lga kiritish»

Baho:
+1 | -

Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe «Vilyarreal» darvozasiga 2 ta gol urganidan so‘ng (2:1) Ispaniya chempionatining 28-tur o‘yinida braziliyalik Ronaldoning madridliklar safida debyut mavsumida urgan gollari soni bo‘yicha natijasini ortda qoldirdi. Endi fransiyalik futbolchining hisobida 31 ta gol bor, Ronaldo esa 30 ta gol urgan edi. Kilian ushbu tarixiy futbolchi bilan taqqoslanishiga munosabat bildirdi.  

«Ronaldo va Krishtianu Ronaldu – afsonalar. Agar men Ronaldodan ko‘proq gol urgan bo‘lsam va Krishtianu Ronaldudan ham ko‘proq ursam, bu men ulardan yaxshiroq ekanimni anglatmaydi. Bu men uchun yaxshi mavsum, shunchaki raqamlar. Eng muhimi – sovrinlar qo‘lga kiritish, agar sovrinlar bo‘lmasa, qolgan narsalar befoyda», – dedi Mbappe «Real» klubining televideniyesida.  

Krishtianu Ronaldu «Real» safidagi debyut mavsumida 33 ta gol urgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekord esa Ivan Samoranogo tegishli bo‘lib, u 37 ta gol urgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:24, 16.03.2025.
O'qildi: 2637 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.