Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

"Real" "Arsenal"ning istiqbolli himoyachisi bilan shartnoma imzolash variantini ko‘rib chiqmoqda

"Real" "Arsenal"ning istiqbolli himoyachisi bilan shartnoma imzolash variantini ko‘rib chiqmoqda

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi Londonning "Arsenal" klubidan umidli himoyachi sotib olish haqida o‘ylamoqda.

Fichajes nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "qaymoqranglilar" rahbariyati "kanonirlar" himoyasida universalligini ko‘rsatgan 22 yoshli Rikkardo Kalafyorini transfer qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Italiyalik himoyachining o‘sishi e’tibordan chetda qolmadi, shu bois yozda jamoasi tarkibini kuchaytirishni maqsad qilgan "qirollik klubi" Italiya terma jamoasining iqtidorli futbolchisini kuzatib bormoqda.

"Arsenal" o‘z futbolchisini 80 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormaydi, bu esa vaziyatni murakkablashtiradi. Eslatib o‘tamiz, "kanonirlar" Kalafyorini o‘tgan yozda "Bolonya"dan 45 million yevro evaziga sotib olgan edi.

Kiritildi: 17:20, 17.03.2025.
O'qildi: 2258 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик