Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Saul Alvares - Uilyam Skall oqshomining to‘liq kardi tasdiqlandi

Saul Alvares - Uilyam Skall oqshomining to‘liq kardi tasdiqlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

3 may kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida Riyadh Season promousheni tomonidan navbatdagi katta prof boks oqshomi o‘tkaziladi.

Tashkilotchilar ushbu turnirning to‘liq kardini tasdiqlashdi. Asosiy jang to‘rta vazn toifasida jahon chempioni Saul Alvares (62-2-2, 39 KO) ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Meksikalik afsona ikkinchi o‘rta vazn (76,2 kg) toifasida mutlaq jahon chempionligi uchun kubalik Uilyam Skall (23-0, 9 KO)ga qarshi ringga ko‘tariladi. Saul "Kanelo" Riyadh Season bilan to‘rtta jang uchun shartnoma imzolagan.

Oqshomning co main-event jangida meksikalik yana bir taniqli bokschi Xayme Mungia fransiyalik Bruno Surasga qarshi revansh jangini o‘tkazadi. Mungia o‘tgan yilning dekabr oyida o‘zi tug‘ilib o‘sgan Tixuana shahrida o‘tgan ilk jangda Surasga kutilmaganda yutqazib qo‘ygandi. Fransuz bokschisi nomdor raqibini hamyurtlari ko‘z o‘ngida oltinchi raundda nokautga uchratgan edi.

Yana bir qiziqarli jang superog‘ir vaznda Martin Bakole va Efe Adjagba o‘rtasida kechadi. Fevral oyida Bakole jarohat sabab safdan chiqqan Deniel Dyubuaning o‘rniga Jozef Parkerga qarshi jang o‘tkazishga rozilik bergandi. Ikki kun qolganda jangni qabul qilib olgan Martin ikkinchi raunddayoq nokautga uchragan edi.

Birinchi og‘ir vaznda yangi WBC chempioni Badu Jek kanadalik majburiy da’vogar Rayan Roziskidan o‘z kamarini himoya qiladi. Shuningdek, 3 may kungi turnirda meksikalik 23 yoshli Marko Verde professional boksdagi debyut jangini vatandoshi Michel Galvan Polina (4-5-3, 2 KO)ga qarshi o‘tkazadi. Marko o‘tgan yili Parij-2024 Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgandi.

Riyadh Season turnirining to‘liq kardi:

Saul Alvares (Meksika) — Uilyams Skall (Kuba)

Xayme Mungiya (Meksika) – Bruno Suras (Fransiya)

Martin Bakole (Kongo Demokratik Respublikasi) – Efe Adjagba (Nigeriya)

Badu Jek (Shvesiya) – Rayan Roziski (Kanada)

Brayan Leon (Kuba) – Aaron Gerrero (Meksika)

Marko Verde (Meksika) – Mishel Polina (Meksika)

Manba: proboxing.uz
Kiritildi: 17:32, 18.03.2025.
O'qildi: 932 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик