Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

"Barselona" Kasadoning jarohati bo‘yicha bayonot berdi

"Barselona" Kasadoning jarohati bo‘yicha bayonot berdi

Baho:
+ | -

"Barselona" yarim himoyachisi Kasado tizzasidan olgan jarohati tufayli 2 oyga yaqin maydonga tusha olmaydi.

"Ko‘k-anorranglilar"ning xavbeki "Atletiko"ga (4:2) qarshi o‘yinning 67-daqiqasida Antuan Grizmann bilan to‘qnashib ketib, jarohat oldi va zaxiraga olindi.

21 yoshli futbolchi Ispaniya terma jamoasining Millatlar Ligasi 1/4 finalida Niderlandiyaga qarshi o‘yin qaydnomasidan chetlatildi. Uning o‘rniga "Bayer"dan Aleish Garsiya chaqirildi.

"Asosiy tarkib futbolchisi Mark Kasado qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, u o‘ng tizza bo‘g‘imining tashqi yon boylami qisman yirtilganini tasdiqladi.

Futbolchi konservativ davolanadi, taxminiy tiklanish muddati taxminan ikki oyni tashkil qiladi," - deyiladi Kataloniya klubi bayonotida.

Kiritildi: 18:49, 18.03.2025.
O'qildi: 1358 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик