Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari - Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano - Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal

«Barselona» Ansu Fatining kelajagi bo‘yicha rejasini ma’lum qildi

«Barselona» Ansu Fatining kelajagi bo‘yicha rejasini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning «Barselona» klubi o‘z tarbiyalanuvchisi, vinger Ansu Fatini sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mashhur jurnalist va insayder Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yanvar oyida Fati to‘rttadan ortiq taklifni rad etgan, ammo qaror qabul qilishda so‘nggi so‘z unga tegishli bo‘ladi. Shu bilan birga, klub uning ketishi borasidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Faqat muvaffaqiyatli transfer amalga oshsa, jamoaga yangi vinger kelishi mumkin.

Avvalroq xabar qilinganidek, Fati klubning na murabbiylar shtabi, na rahbariyati rejalariga kirmaydi. U 4 yanvardan beri rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etmagan – o‘shanda u Ispaniya Kubogining 1/16 finalida «Barbastro»ga (4:0) qarshi o‘yinda 28 daqiqa maydonga tushgan. Shundan keyin u yoki zaxirada qolgan yoki qaydnomaga kiritilmagan. La Ligada Fati oxirgi marta 2024 yil noyabr oyida, Chempionlar Ligasida esa oktyabrda maydonga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik hujumchisi 2020 yil sentyabr oyidan beri «Barselona» safida o‘ynamoqda. Joriy mavsumda u atigi 8 ta uchrashuvda (200 minutdan kam) ishtirok etgan, biroq na gol urgan, na assist qilgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 10 million yevroni tashkil etadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:12, 19.03.2025.
O'qildi: 2790 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.