Myunxenning "Bavariya" klubi yozda tarkibini vinger bilan kuchaytirishi mumkin.
Fichajes portali xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted"ning hozirda "Betis"da ijarada harakat qilayotgan vingeri Antoni myunxenliklar short-listiga kiritilgan.
25 yoshli braziliyalik futbolchi hozirda Transfermarkt portalida 20 million yevroga baholanmoqda.
U La Ligada 7 ta o‘yinda 2 ta gol urib, 2 ta assist amalga oshirdi.