Ronald Kuman Niderlandiya terma jamoasi o‘yinlari oldidan Frenki de Yongning holati haqida gapirdi.
"Barselona" yarim himoyachisi oshqozoni bilan bog‘liq muammolar tufayli "Atletiko"ga qarshi o‘yinni (4:2) o‘tkazib yuborgandi.
"Bu isitma emas edi, u shunchaki o‘zini yomon his qildi. U yerda (Barselonada) ham noto‘g‘ri narsalarni yeyish mumkin.
Unda tiklanish va uyqu o‘rnini to‘ldirish uchun vaqt bor edi," - dedi Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman.
Niderlandiya 20 va 23 mart kunlari Millatlar Ligasi 1/4 finalida Ispaniya bilan o‘ynaydi.