Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Oleg Zoteev «Nasaf»ga qarshi o‘yin, ilk goli va bo‘lajak derbi haqida

Oleg Zoteev «Nasaf»ga qarshi o‘yin, ilk goli va bo‘lajak derbi haqida

Baho:
+ | -

«Andijon»ning “Bobur arena”da «Nasaf»ga qarshi o‘yini barchada iliq taassurot qoldirgani rost. Stadiondagi muhit juda boshqacha ruhda bo‘ldi va bunday atmosferada to‘p surish har qanday futbolchi uchun yoqimli.

Bu yil jamoaga qo‘shilgan va sardor sifatida to‘p surayotgan tajribali Oleg Zoteev «Nasaf» bilan uchrashuvda ajoyib gol muallifiga aylandi va bu uning «Andijon» tarkibidagi ilk goli bo‘ldi. Qolaversa, Zoteev 2025 yilda “Bobur arena”da birinchi golni urgan o‘yinchi sifatida ham yodda qoladigan bo‘ldi.

33-raqam ostidagi Olegdan barchaning, shu jumladan muxlislarning ham umidi katta. Chunki bu yilgi mavsum «Andijon» uchun juda muhim sanaladi. Har bir uchrashuv esa o‘zgacha ahamiyat kasb etadi. Keyingi turda «Andijon» Namanganda «Navbahor»ga qarshi maydonga tushadi. Tabiiyki, bo‘lajak bellashuvga ham qiziqish qandayligini ortiqcha ta’riflash shart emas.

«Andijon» yetakchisi va sardori Zoteev «Nasaf»ga qarshi o‘yin, ilk goli va «Navbahor» bilan bo‘ladigan bo‘lajak bellashuv borasida «Andijon» matbuot xizmatiga fikrlarini aytib o‘tdi.

“O‘z maydonimizdagi birinchi o‘yindan taassurotlar a’lo darajada. Ochilish o‘yinida katta bayram bo‘ldi. Juda qiyin uchrashuv kechdi. Menimcha, ishqibozlarga yoqadigan yoqimli o‘yin bo‘lib o‘tdi. Bunday qo‘llab-quvvatlov bilan faqat g‘alabaga erishish kerak. Har qanday holatda ham muxlislarimiz biz bilan birga. Ajoyib atmosferada to‘p surish boshqacha.

Albatta, birinchi golimni uraman deb kutmagandim. Har doim yaxshi va sifatli o‘yin ko‘rsatish va jamoamiz g‘alabasiga hissa qo‘shish maqsadini oldimga qo‘yaman.

«Nasaf»ga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Ishonamanki, o‘yindan-o‘yinga «Andijon» kuchayib boradi va biz qo‘shishimiz kerak. Bu yil jamoamiz o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun kurashadi. Vaqt hamda sabr kerak. Biz esa oxirigacha harakat qilamiz.

Dastlabki turlarda hamma jamoa deyarli bir xil holatda bo‘ladi. Ko‘proq ishlashimiz kerak. O‘ylaymanki, «Andijon»ga bitta g‘alaba yetishmayapti. Bitta g‘alabaga erishsak, o‘yin ham yanada «ochilib» ketadi.

Hamma muxlislarni Namanganda qiziqarli o‘yin kutyapti. Vodiy derbisiga qiziqish katta. Oddiy o‘yinlar qolmagan. Raqibni yaxshi o‘rganib, tahlil qilamiz va jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz. Muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz”, - deydi Oleg Zoteev.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 06:49, 20.03.2025.
O'qildi: 1847 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.