Maurisio Pochettino Amerika futbolining katta imkoniyatlari haqida gapirdi. Argentinalik mutaxassis 2024 yilning sentyabridan beri AQSH terma jamoasini boshqaradi.
Milliy terma jamoa FIFA reytingida 16-o‘rinni egallab turibdi.
“Amerikada futbol o‘sib bormoqda, lekin hali qilinadigan ishlar ko‘p. O‘ylaymanki, biz futbolda ustunlik qila olamiz. Ehtimol, 10 yoki 15 yildan keyin. Balki 5 yoki 7 yil ichida.
Bu yerda futbol katta salohiyatga ega”, - deydi Maurisio Pochettino.