Ispaniyalik darvozabon Jordi Masip Mark Andre ter Shtegen jarohat olganidan so‘ng "Barselona"ga qaytishi mumkin bo‘lganini aytdi.
"Ter Shtegen jarohat olganida, "Barcelona" meni qaytarish variantini ham ko‘rib chiqdi. Faoliyatimni boshlagan jamoaga qaytib, o‘sha yerda faoliyatimni yakunlash – ajoyib bo‘lardi. Ammo klub menda yo‘q narsa – Yevrokuboklarda tajribasi bor darvozabon qidirayotgan edi", - dedi 36 yoshli ispaniyalik kiper.
Masip - "Barselona" tarbiyalanuvchisi. U 2005 yildan 2017 yilgacha klub tizimida bo‘lgan.