Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Niderlandiyalik iqtidor APL grandiga o‘tishi mumkin

Niderlandiyalik iqtidor APL grandiga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Niderlandiya terma jamoasi va Germaniyaning "RB Leypsig" klubi yarim himoyachisi Xavi Simons Angliya Premyer-ligasining top-klublaridan biriga o‘tishi mumkin. Bu haqda Caught Offside jurnalistlari xabar bermoqda.

Jurnalistlarga ma’lum bo‘lishicha, 21 yoshli futbolchining xizmatlariga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. O‘z navbatida nemislar ham agar futbolchi uchun 80 million yevro atrofida mablag‘ taklif qilinsa, u bilan xayrlashishga tayyor. Simonsning "RB Leypsig" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Yarim himoyachi joriy mavsum 25 ta o‘yinda qatnashib, 8 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Kiritildi: 17:23, 21.03.2025.
O'qildi: 1081 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик