Gruziyaning Tbilisi shahrida dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turniri start oldi. Yengil vazn toifalarida kechgan bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga ikkita bronza medali yozildi.
Har ikki medalga -66 kg vazn toifasida bahs olib borgan vakillarimiz Azizbek Ortiqov hamda Abdurahim Nutfillayev egalik qilishdi. Uchinchi o‘rin uchun bahsda Ortiqov ozarbayjonlik Rashad Yelkiyev, Nutfillayev esa mezbon Lasha Nadiradzedan ustun keldi.