Roberto Manchini tez orada Tyago Motta o‘rniga "Yuventus"ni qabul qilishga rozi. La Gazzetta dello Sport nashri o‘z sahifalarida ma’lum qilishicha, Turin klubi A Seriyaning "Jenoa"ga qarshi o‘yinidan keyin bosh murabbiyni almashtirishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, Manchini "Yuventus" Chempionlar ligasiga chiqsa, uzaytirish imkoniyati bilan mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolashga tayyor. Ayni vaqtda "keksa sinyora" A Seriya turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rindagi "Bolonya"dan atigi bir ochko ortda qolgan holda beshinchi o‘rinda bormoqda.
60 yoshli Roberto Manchini Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgach, oktyabr oyi oxiridan beri ishsiz yuribdi.