Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe 2-0 Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese 1-2 Bolonya
05/04 19:15 Valensiya 2-3 Selta
05/04 21:00 Piza 0-1 Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo 1-0 Sevilya
05/04 23:45 Inter 5-2 Roma
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

Nadal Chempionlar ligasi finalidagi ehtimoliy «el-klasiko» haqida: «Bu sensasiya bo‘lardi»

Nadal Chempionlar ligasi finalidagi ehtimoliy «el-klasiko» haqida: «Bu sensasiya bo‘lardi»

Baho:
+ | -

22 karra «katta dubulg‘a» chempioni, dunyoning sobiq birinchi raketkasi, ispaniyalik Rafael Nadal 2024/2025 yilgi mavsum Chempionlar ligasi finalida Madridning «Real» va «Barselona» jamoalari to‘qnash kelishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.  

«Bu ispan futboli uchun sensasiya bo‘lardi. Ammo hali final haqida gapirishga erta, chunki biz hali ham chorak finaldamiz.  

«Barselona» ajoyib mavsum o‘tkazmoqda va «Real»ning asosiy raqibi bo‘lib qolmoqda. Biroq Madridning «Real» jamoasini hech qachon kamsitib bo‘lmaydi – ular oxirigacha kurashadi. Qani, ko‘ramiz, nima bo‘larkin, chunki hamma narsa mumkin. Biz mavsumning hal qiluvchi bosqichida turibmiz, jarohatlar va zich taqvim natijalarga ta’sir qiladi.  

«PSJ», «Bavariya», «Inter» va Arteta boshchiligidagi «Arsenal» ham Chempionlar ligasida ishtirok etmoqda. Albatta, 15 marta chempion bo‘lgan «Real» Madrid ham bor. Shuning uchun men «Barselona»ni yagona favorit deb hisoblamayman, lekin ularni asosiy raqib sifatida ko‘raman», – dedi Nadal ESPN Deportiesga bergan intervyusida.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:23, 22.03.2025.
O'qildi: 2193 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик