Angliyalik mashhur insayder Devid Ornshteyn "Arsenal"ning "Nyukasl" yarim himoyachisi Bruno Gimaraesga qiziqishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
"Men uni "Nyukasl"dan ketayotganini ko‘rmayapman va "Arsenal" uni sotib olishni xohlayotganini bilmayman", - dedi insayder o‘z podkastida.
Avvalroq "Arsenal" braziliyalik futbolchi uchun 60 million funt to‘lashga tayyor ekanligi xabar qilingandi.