Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kurtuada yana muammo chiqqanga o‘xshaydi

Kurtuada yana muammo chiqqanga o‘xshaydi

Baho:
+ | -

Tibo Kurtua Ukrainaga qarshi javob o‘yinida maydonga tushmadi.

"Real" darvozaboni Millatlar Ligasi 1/4 finalining bugungi javob o‘yini uchun Belgiya qaydnomasidan o‘rin olmadi. Asosiy tarkibda "Nottingem Forest" darvozaboni Mats Zels maydonga tushdi.

Belgiya terma jamoasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Kurtua ehtiyot chorasi sifatida tarkibdan chetlatilgan. RTBF ta’kidlaganidek, darvozabonning mushaklari ortiqcha yuklamalardan aziyat chekmoqda.

Kurtua 2023 yil yozidan beri birinchi marta Belgiya terma jamoasiga chaqirilgandi. U payshanba kuni Ukrainaga qarshi birinchi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi - belgiyaliklar 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Javob o‘yinida 3:0 hisobida "qizil iblislar" g‘alaba qozondi.

Kiritildi: 05:50, 24.03.2025.
O'qildi: 1838 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик