Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Rebrov: "Maqsadimiz jahon chempionatiga chiqish"

Rebrov: "Maqsadimiz jahon chempionatiga chiqish"

Baho:
+ | -

Kecha Millatlar Ligasi doirasida bir qator bahslar bo‘lib o‘tdi.

Turnirning A divizionida o‘ynash huquqi uchun belgilangan pley-off javob o‘yinida Ukraina terma jamoasi Belgiyaga qarshi bahs olib bordi va mug‘lubiyatga uchradi (0:3).  Ukrainlar ustozi Sergey Rebrov uchrashuv haqida fikr bildirdi.

Barcha muxlislar kabi butun terma jamoa vakillari xafa. O‘ylashimcha, biz g‘alabaga loyiq emasdik. To‘p bilan oldinga ko‘proq o‘ynashimiz hamda ko‘proq hujum uyushtirishimiz kerak edi, lekin afsuski, bizga tajovuzkorlik yetishmadi. Raqib to‘pni ancha yaxshi nazorat qiladigan jamoa edi.

Birinchi bo‘limda juda past blok bilan himoyalandik, ammo raqibimizga deyarli hech qanday vaziyat yaratishga imkon bermadik. Lekin ikkinchi bo‘limda o‘yindagi burilish nuqtasi yuz berdi. Futbolchilarim charchab qolishdi.

A divizioniga chiqa olmaganimiz fojia, saralash bosqichiga tayyorgarlik juda muhim. Hozir oldimizda ikkita o‘rtoqlik o‘yini bor, unda yangi kuchlarni sinab ko‘rishimiz mumkin. Maqsadimiz jahon chempionatiga chiqish, saralash o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘ramiz”, – dedi Rebrov o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, Ukraina terma jamoasi pley-off o‘yinlari natijalariga ko‘ra B ligasida qoldi, Belgiya terma jamoasi esa A ligadagi o‘rnini saqlab qoldi.

Kiritildi: 09:37, 24.03.2025.
O'qildi: 626 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.