Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul 2-1 Atletiko
09/09 23:59 Napoli 0-1 Arsenal
09/09 23:59 Sporting 3-1 Galatasaroy
09/09 23:59 PSJ 6-1 Slovan
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche - Roma
10/09 21:45 PSV - Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Jahonbaxsh: «O‘zbekistonga qarshi og‘ir bahs kutayotganini bilamiz, hali JCHga chiqmadik»

Jahonbaxsh: «O‘zbekistonga qarshi og‘ir bahs kutayotganini bilamiz, hali JCHga chiqmadik»

Baho:
+ | -

Eron milliy terma jamoasi sardori Alirizo Jahonbaxsh O‘zbekistonga qarshi uchrashuv oldidan jamoada katta birdamlik mavjudligini va hali Jahon chempionati yo‘llanmasi qo‘lga kiritilmaganini ta’kidladi.

Terma jamoadagi birdamlik va maqsadlar

"Avvalo, Eron ichida va tashqarisida yashayotgan barcha yurtdoshlarimizni Yangi yil bilan tabriklayman. Barchamiz ko‘proq quvonch va baxtli lahzalarni ko‘rishni istaymiz. Jahon chempionatiga yo‘l olish yo‘lida juda og‘ir vazifa turganini bilardik. Bugungi kunda biz haqiqiy bir jamoa ekanimizni ko‘rsatdik".

Maydon ichida va tashqarisida hamjixatlik biz uchun juda muhimdir. Jahon chempionatiga chiqish qanchalik muhimligini hammamiz yaxshi tushunamiz. Bu nafaqat futbolimiz, balki xalqimiz va shaxsan o‘zimiz uchun ham katta ahamiyatga ega".

O‘zbekiston terma jamoasiga ehtirom

Jahonbaxsh raqib haqida shunday fikr bildirdi:

"O‘zbekiston terma jamoasi juda hurmatga loyiq va kuchli jamoadir. Ular sezilarli darajada rivojlangan, kuchli futbolchilarga ega. Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatiga ega ekanligimiz uchun bu o‘yin biz uchun nihoyatda muhim. Bilamizki, bizga oson bo‘lmaydi. Shuning uchun barcha muxlislarimizdan iltimos qilamanki, stadionga kelib, terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlashsin.

Biz jamoa ichida har doim takrorlaymiz – hali Jahon chempionatiga chiqishni ta’minlaganimiz yo‘q. Shu sababli, bu uchrashuv nihoyatda qiyin bo‘lishi mumkin. Keyingi uchrashuvlarda esa yosh futbolchilar uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar beriladi".

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:19, 24.03.2025.
O'qildi: 7220 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик