Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

«Turon» klubi Liga qatnashchilari safidan chiqishga qaror qildi

«Turon» klubi Liga qatnashchilari safidan chiqishga qaror qildi

Baho:
+ | -

2017 yil tashkil topgan klub 2019 yilga kelib Liga a’zosiga aylangan hamda ilk urinishdayoq B Proliga musobaqasining Sharqiy mintaqasida g‘olib chiqib, Proliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

Klub mos ravishda 2020 va 2022 yillarda Proligada muvaffaqiyatli ishtirok etdi va ikki bor Superliga yo‘llanmasiga ega chiqib, 2021 va 2023 yillarda elitada ishtirok etdi. Asosiy musobaqada «Turon» muvaffaqiyatli to‘p tepa olmagan bo‘lsada, ko‘plab muxlis va mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

«Turon» xususiy klub sifatida Liga tomonidan qo‘yilgan qator talablarni bajarishga erishdi. Yaypandagi O‘zbekiston stadioni qayta ta’mirdan chiqarildi, uning sharqiy qismiga yangi tribuna qurildi va ilk bor stadion yoritish tizimiga ega bo‘ldi. Liga mazkur arenada 2022 yilgi mamlakat Superkubogini o‘tkazishga ham erishdi. O‘zbekiston stadionidan uzoq tarixga ega bo‘lgan "Qo‘qon-1912" va "Neftchi" futbol klublari ham bir qator uchrashuvlarda foydalandi.

Klub, shuningdek, bolalar futboliga ham e’tibor qaratib, o‘z akademiyasini foydalanishga topshirgandi. Zamonaviy baza va unga tutash hududda mashg‘ulot maydonlari ham bunyod etildi. Qayd etish kerak, Superliganing bir necha yillik ayrim klublarida ham bunday sharoitlar mavjud emas.

Xususiy klub va uning investorlariga berilgan imtiyozlar muddati o‘z yakuniga yetgach, «Turon» klubida moliyaviy qiyinchiliklar boshlandi. U 2024 yilni Birinchi ligada 17-18 yoshli futbolchilar bilan o‘tkazib, yakunda Sharq mintaqasida 11-o‘rinni egallagandi. Shu yilning 19 mart kuni esa «Turon» Liga qatnashchilari safidan chiqishini rasman ma’lum qildi.

Liga «Turon» futbol klubi tashkilotchi va tashabbuskorlariga o‘tgan 6 yillik hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:19, 24.03.2025.
O'qildi: 1217 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик