Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Gilyerme Gedesh: "Navbahor" buyuk tarix va ajoyib muxlislarga ega klub"

Gilyerme Gedesh: "Navbahor" buyuk tarix va ajoyib muxlislarga ega klub"

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, joriy mavsumda "Navbahor" jamoasi tarkibiga bir qator xorijlik futbolchilar qo‘shilishdi. Ular orasida braziliyalik 25 yoshli himoyachi Gilyerme Gedesh ham bor. Superliganing 3-turidan o‘rin olgan "Navbahor" – "Andijon" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida Gedesh klub matbuot xizmati uchun intervyu berdi.             

- Gilyerme, suhbatimizni jamoamiz tarkibiga qo‘shilishingiz qay tarzda yuz berganligi borasidagi savol bilan boshlasak. Sizni “Navbahor”ga kim taklif etdi?

- Agentim menga Braziliyadan tashqarida o‘ynash uchun imkoniyat qidirayotgandi, boisi, muhitni o‘zgartirishni istayotgandim. Keyin “Navbahor” varianti paydo bo‘ldi va bu menga yoqdi. Natijada “Navbahor” safiga qo‘shildim.

- “Navbahor”ga taklif bo‘lishidan oldin yurtimiz futboli haqida taassurotga egamidingiz?

- To‘g‘risini aytsam, O‘zbekiston futboli haqida kam ma’lumotga ega edim. Jamoangizdan taklif bo‘lishi bilan mamlakatingiz futboli to‘g‘risidagi ma’lumotni ko‘proq o‘rgandim hamda yurtingizda futbol rivojlanayotganligi,  “Navbahor” buyuk tarix va ajoyib muxlislarga ega klub ekanligi borasidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldim.

- Jamoaga moslashish qiyin kechmadimi?

- Yo‘q, chunki klub mutasaddilari, murabbiylar shtabi hamda futbolchilar meni juda iliq tarzda kutib olishdi. Men jamoaga juda tez moslashib ketdim. Buning uchun ulardan minnatdorman.

- “Navbahor” tarkibida rasmiy o‘yinlarda ham maydonga tushdingiz. Namanganda sizga nima manzur bo‘ldi? Bu yerda o‘zingizni qanday his qilyapsiz?

- Namangan menga juda yoqdi. Juda tinch va yashash uchun qulay, yaxshi shahar ekan.

- Jamoadagi qaysi futbolchilar bilan do‘stlashishga ulgurdingiz?

- “Navbahor”dagi barcha futbolchilar bilan juda yaxshi munosabatdaman.

- O‘zbekiston Superligasi uchrashuvlari sizda qanday taassurot qoldirmoqda?

- Ma’qul kelgan tomoni, chempionatning raqobatbardoshligi va oson o‘yinlarning yo‘qligi. Superligada barcha jamoalarning imkoniyati deyarli teng. Bunday chempionatda o‘ynash esa juda yoqimli.

- O‘zbek tilida ayrim so‘zlarni gapiryapsiz, til o‘rganishda muammo bo‘lmayaptimi?

- Hali o‘zbek tilida ravon gapira olmayman, lekin bir nechta so‘zlarni bilaman. Tilingizni o‘rganish menga unchalik muammo tug‘dirmayapti.

- “Navbahor” muxlislari haqida nima deya olasiz? Har holda rasmiy o‘yinlar hamda taqdimot marosimida ular bilan uchrashdingiz...

- “Navbahor”ga kelishimga klubning buyuk tarixga ega ekanligi bilan birgalikda, ajoyib, fidoiy, sadoqatli  muxlislarga ega ekanligi ham turtki bo‘ldi. Buni Namanganga kelishimdan oldin his qilganman. Shahringizga kelib, taqdimot marosimi va rasmiy o‘yinlarda jamoa muxlislari haqiqatdanam “Navbahor”ni munosib tarzda qo‘llab-quvvatlashlariga guvoh bo‘ldim. 

- Intervyu uchun sizga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib, jamoamizdagi faoliyatingizda omad yor bo‘lishini tilaymiz. Umid qilamizki,  “lochinlar”ning zafar va sovrinlariga munosib hissangizni qo‘shasiz.

- Fursatdan foydalanib,mazkur suhbatni uyushtirgan “Navbahor” PFK matbuot xizmati xodimlariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Biz birgalikda ulkan yutuqlarga erishamiz, degan umiddaman" - dedi Gilyerme.

Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати
Kiritildi: 13:48, 25.03.2025.
O'qildi: 1294 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.